date

"Paxtakor" Antaliya yig‘inini boshlaydi: 26 futbolchi ro‘yxati aniq bo‘ldi

"Paxtakor" Antaliya yig‘inini boshlaydi: 26 futbolchi ro‘yxati aniq bo‘ldi

«Paxtakor» yangi mavsumga tayyorgarlikning birinchi bosqichini Turkiyada o‘tkazish uchun 17 yanvar kuni tongda Antaliyaga yo‘l oldi. Jamoaning ushbu o‘quv-yig‘ini 30 yanvarga qadar davom etishi belgilangan bo‘lib, yig‘in davomida «sherlar» uchta nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.

Klub ma’lumotiga ko‘ra, mazkur bosqichda asosiy e’tibor jismoniy tayyorgarlikni to‘g‘ri shakllantirish, o‘yin ritmini tezroq ushlab olish hamda taktik g‘oyalarning amaliyotda sinab ko‘rilishiga qaratilgan. Qisqa qilib aytganda, Antaliyadagi har bir mashg‘ulot — mavsum boshlanguncha jamoa “dvigateli”ni ishga tushirib olishga xizmat qiladi.

Biroq yig‘in to‘liq tarkibda o‘tmaydi. Vladimir Nazarov, Mahmud Mahammadjonov, Ibrohim Ibragimov, Oybek Bozorov va Rustam Turdimurodov milliy terma jamoa yig‘inida ishtirok etishi sababli Antaliyadagi birinchi yig‘inni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, Flamarion jarohati tufayli jamoaga keyinroq qo‘shilishi aytilmoqda.

Bosh murabbiy Kamoliddin Tojiyev mazkur yig‘in uchun 26 nafar futbolchini tanlab olgan. Ushbu ro‘yxatdagi o‘yinchilarning vazifasi bitta: yig‘inni “galochka” uchun emas, real raqobat va forma uchun o‘tkazish. Chunki nazorat o‘yinlari nomi “o‘rtoqlik” bo‘lsa ham, undagi xulosa — rasman mavsumning poydevori.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" Antaliya yig‘inini boshlaydi: 26 futbolchi ro‘yxati aniq bo‘ldi