date

Andijonda uka akasini bolta bilan o‘ldirdi

Andijonda uka akasini bolta bilan o‘ldirdi

Andijonda ruhiy salomatligi bilan bog‘liq muammolari bor uka akasini bolta bilan urib o‘ldirgan, yangasini esa bolg‘a bilan urib o‘ldirmoqchi bo‘lgan. Hodisa 2025 yil 18 oktyabr kuni “Cho‘lpon yuz yilligi” mahallasida sodir bo‘lgan.
Sud materiallariga ko‘ra, uka 2020 yildan psixonevrologiya dispanseri hisobida turgan va akasi-yangasi bilan bir uyda yashagan. Oila a’zolari uni ruhiy shifoxonaga joylashtirish haqida gapirganidan keyin, u g‘azablanib, ularni o‘ldirish niyatiga kelgan.
Yanga qochib yordam so‘ragan, qo‘shni ayol aralashib, hujumchining qo‘lidagi bolg‘ani tortib olgan.
Psixiatriya ekspertizasi A.B. jinoyat paytida o‘z harakatini anglay olmaganini bildirgan. Sud 18 dekabrda uni aqli noraso holatda jinoyat sodir etgan deb topib, qamoq chorasini bekor qilgan va Respublika kuzatuvi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish belgilagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda uka akasini bolta bilan o‘ldirdi