date

Shifokorlar yarim yil degan, u esa 40 yil yashadi saratoning yakuniy bosqichi bilan

Shifokorlar yarim yil degan, u esa 40 yil yashadi saratoning yakuniy bosqichi bilan

Gretsiyalik Stamatis Moraitis taqdiri tibbiyot olamida kam uchraydigan voqealardan biri sifatida tilga olinmoqda. U o‘pkaning yakuniy bosqichdagi saratoni tashxisi bilan qariyb 40 yil umr ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda xorijiy OAVlar, jumladan Daily Express xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda yashagan, kelib chiqishi gretsiyalik bo‘lgan Moraitisga taxminan 40 yil avval o‘pka saratoni tashxisi qo‘yilgan. O‘sha paytda shifokorlar unga eng ko‘pi bilan bir necha oy umri qolganini aytgan. Biroq bu bashorat o‘zini oqlamadi.
Og‘ir tashxisdan keyin u davolanishni davom etirish o‘rniga, vataniga — aholisi uzoq umr ko‘rishi bilan mashhur bo‘lgan Ikariya oroliga qaytishga qaror qilgan. U yerda u sokin hayot tarzini tanlab, tabiat bag‘rida yashay boshlagan.
Ikariyaga ko‘chib borgach, Moraitisning ahvoli asta-sekin yaxshilana boshlagan. U jismoniy mehnat bilan shug‘ullanib, sabzavot yetishtirgan, uzumzorlarga qaragan, ko‘p vaqtini do‘stlari bilan muloqotda o‘tkazgan. Asabiylik, shoshma-shosharlik va doimiy stress uning hayotidan yo‘qolgan.
Yillar o‘tib, u sog‘lig‘i qanday qilib yaxshilanganini aniqlash maqsadida AQSHga qaytmoqchi bo‘lgan. Ammo u yerga borgach, avval unga tashxis qo‘ygan shifokorlar allaqachon vafot etganini bilgan.
Bu voqea tadqiqotchilar diqqatini tortdi. “National Geographic” eksperti, “ko‘k zonalar” — ya’ni odamlar o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha uzoq umr ko‘radigan hududlarni o‘rgangan Den Byutnerning ta’kidlashicha, Moraitisning umri uzayishiga asosiy sabablar stressning keskin kamayishi, tabiiy ovqatlanish va hayot tarzining tubdan o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Bu hikoya yana bir bor sog‘lom hayot tarzi, xotirjamlik va ichki muvozanat inson salomatligida qanchalik muhim o‘rin tutishini eslatadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Shifokorlar yarim yil degan, u esa 40 yil yashadi saratoning yakuniy bosqichi bilan