O‘zbekiston yashash bo‘yicha arzon davlatlar qatoriga kirdi

O‘zbekiston yashash bo‘yicha arzon davlatlar qatoriga kirdi

Numbeo tomonidan tuzilgan global reytingga ko‘ra, Markaziy Osiyoning bir qator davlatlari — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston — yashash xarajatlari past bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kiritildi.

Reytingda jami 155 ta davlat qamrab olingan. Taqqoslash uchun Nyu-York “100” bazaviy nuqta sifatida olingan: indeks qanchalik past bo‘lsa, mamlakatda yashash shunchalik arzon hisoblanadi. Hisob-kitoblarda ijara, kommunal to‘lovlar, oziq-ovqat mahsulotlari, restoranlar, shuningdek aholining xarid qobiliyati kabi omillar inobatga olingan.

Markaziy Osiyo bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagicha:

Qozog‘iston — 29,8 (128-o‘rin)
Tojikiston — 27,9 (136-o‘rin)
O‘zbekiston — 27,3 (138-o‘rin)
Qirg‘iziston — 27,3 (140-o‘rin)

Mintaqada xarid qobiliyati eng yuqori Qozog‘istonda, eng past ko‘rsatkich esa Tojikistonda qayd etilgan.

Shu bilan birga, yashash narxining pastligi har doim ham turmush darajasi yuqori ekanini anglatmaydi: xarid qobiliyatidagi farqlar narxlar darajasi bilan aholining real daromadlari o‘rtasidagi tafovutni aks ettiradi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar