date

Derbi boshlanyapti: Husanov asosiyda, tarkiblar rasman e’lon qilindi

Derbi boshlanyapti: Husanov asosiyda, tarkiblar rasman e’lon qilindi

APLning 22-turidagi markaziy to‘qnashuv — «Manchester Yunayted» — «Manchester Siti» uchrashuvi sal-paldan so‘ng start oladi. Mehmonlar safida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov o‘yinni asosiy tarkibda boshlayotgani muxlislar uchun alohida yangilik bo‘ldi.

Derbining kayfiyati hammaga ma’lum: bu o‘yinda “oddiy 3 ochko” degan tushuncha yo‘q. Bir daqiqaga bo‘shashsang — narxini darhol to‘laysan. Shu fonda Husanovning ilk daqiqalardan maydonga tushishi «Siti» himoya chizig‘ida unga katta ishonch borligini ko‘rsatadi.

«Manchester Yunayted» (asosiy tarkib):

Lammens, Dalot, Maguayr, Martines, Shou, Kazemiro, Maynu, Mbeumo, Brunu Fernandesh, Dorgu, Amad.

Zaxira:

Bayindir, Xeven, Malacia, Yoro, J. Fletcher, Maunt, Ugarte, Kunya, Sheshko.

«Manchester Siti» (asosiy tarkib):

Donnarumma, Riko Lyuis, Abduqodir Husanov, Maks Alleyn, Natan Ake, Rodri, Bernardu Silva, Antuan Semeno, Fil Foden, Jeremi Dok-u, Erling Xoland.

Zaxira:

Trafford, Bettinelli, Reynders, Sherki, Ait-Nuri, O’Rayli, MakAidu, Mukasa, Mfuni.

Endi barcha diqqat maydonda: derbida nomlar katta, bosim undan ham katta. Husanov uchun esa bu — yana bir imkoniyat: o‘z darajasini Angliyaning eng qattiq sahnasidan turib ko‘rsatish.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Derbi boshlanyapti: Husanov asosiyda, tarkiblar rasman e’lon qilindi