Ayol hakamlar Superligada debyut qiladi

O‘zbekiston Superligasi tarixida ilk bor ayol hakamlar brigadasi uchrashuvni boshqaradi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar berdi.
Hakamlar brigadasi bosh hakami sifatida Nasibabonu Toshmuhammedova tayinlangan bo‘lib, unga yordamchi sifatida Kristina Sereda va Zilola Rahmatova faoliyat olib boradi. Ushbu brigada 29-noyabr kuni “Qizilqum” va “Sho‘rton” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni boshqaradi.
Assotsiatsiya vakillarining ta’kidlashicha, bu qadam milliy hakamlar maktabining rivojlanishida va ayollarning professional futboldagi o‘rnini mustahkamlashda yangi bosqichni boshlab beradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing