date

Aktrisa Jayrona Kleopatra obrazi bilan muxlislarni lol qoldirdi (video)

Aktrisa Jayrona Kleopatra obrazi bilan muxlislarni lol qoldirdi (video)

Mahorati va ijodiy izlanishlari bilan tanilgan aktrisa Jayrona yana bir bor muxlislar e’tibori markazida bo‘ldi. U o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali navbatdagi yangicha obrazini taqdim etib, tom ma’noda barchani hayratga soldi.

Avvalroq u mashhur film qahramoni — sirli va biroz yovuz qiyofadagi Malifisentaga juda o‘xshash obrazda namoyon bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Bu gal esa aktrisa tarixiy va afsonaviy shaxs — Kleopatra obraziga murojaat qildi. Ushbu qiyofa nafaqat tashqi o‘xshashlik, balki obrazga berilgan chuqur ma’no va ijodiy yondashuvi bilan ham ajralib turdi.

Jayronaning yangi uslubi, grim va sahnaviy qiyofasi uning aktrisalik mahoratini yanada yorqin namoyon qildi. Muxlislar izohlarda aktrisaning jasorati, fantaziyasi va kino san’atiga bo‘lgan munosabatini yuksak baholashdi. Ko‘plab kuzatuvchilar uning har bir yangi obrazi avvalgisidan ham qiziqarli va puxta chiqishini ta’kidlashmoqda.

Ushbu ijodiy eksperiment Jayronaning faqat bir xil rollar bilan cheklanib qolmasdan, turli obrazlarda o‘zini sinab ko‘ra olishini ko‘rsatdi. Kleopatraning shunday zamonaviy va orginal talqini muxlislar uchun kutilmagan, ammo yoqimli syurpriz bo‘ldi.

Aytish joizki, aktrisaning bunday izlanishlari uning kino va sahna san’atidagi salohiyatini yanada ochib bermoqda. Jayrona kelgusida ham yangi va betakror obrazlari bilan muxlislarini quvontiradi, degan umid katta.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Aktrisa Jayrona Kleopatra obrazi bilan muxlislarni lol qoldirdi (video)