"Real"ning «Levante»ga qarshi qaydnomasi tayyor: Rodrigo yo‘q, Mbappe bor

Madridning «Real» jamoasi La Liganing 20-turi doirasida o‘z maydonida «Levante»ni qabul qiladi. «Santyago Bernabeu»dagi navbatdagi bellashuv oldidan bosh murabbiy Alvaro Arbeloa o‘yin uchun qaydnomani e’lon qildi.
Eng muhimi — tarkibda bitta jiddiy yo‘qotish bor. Jarohat sabab Rodrigo ushbu uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi. Qolgan futbolchilar esa bahsga tayyor, Arbeloa esa o‘zining eng ishonchli variantlarini ro‘yxatga kiritgan.
Qaydnomadan quyidagi futbolchilar o‘rin oldi:
Kurtua, Fran Gonsales, Karvaxal, Alaba, Asensio, Karreras, Fran Garsiya, Heysen, Bellinghem, Kamavinga, Valverde, Chuameni, Gyuler, Seballos, Sestero, Palasios, Vinisius, Gonsalo Garsiya, Mbappe, Mastantuono.
Hujum chizig‘ida Mbappe va Vinisiusning borligi muxlislarga alohida umid bag‘ishlaydi — bu duet maydonga chiqsa, «Levante» himoyasiga oson bo‘lmaydi. Endi hammasi o‘yindagi intizom, tezlik va realizatsiyaga borib taqaladi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 17 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!