date

Turkiyadagi yig‘inda «Andijon» «Vashash»ga yirik hisobda yutqazdi

Turkiyadagi yig‘inda «Andijon» «Vashash»ga yirik hisobda yutqazdi

Yangi mavsum oldidan tayyorgarlikni jadal davom ettirayotgan «Andijon» Turkiyadagi o‘quv-yig‘in dasturi doirasida navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Andijonliklar bu safar Vengriyaning «Vashash» jamoasiga qarshi maydonga tushdi va uchrashuv yevropaliklarning ishonchli, yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Andijon» — «Vashash» (Vengriya) 0:4

Gollar: Pavkovish (6), Petxo (31), Tot (43), Nemet (57).

Bellashuv avvalidayoq raqib tezkor gol urib, o‘yin ritmini o‘z foydasiga burib oldi. Birinchi bo‘limdayoq «Vashash» yana ikki bor andijonliklar darvozasini ishg‘ol qildi va tanaffusga katta ustunlik bilan chiqdi. Ikkinchi bo‘limda ham vengriyaliklar bosimni pasaytirmadi va hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

«Andijon»ning birinchi bo‘limdagi tarkibi:

Eldor Adhamov, Abdurahmon Komilov, Odilbek Abdumajidov, Abdulvohid G‘ulomov, Bekzod Sulaymonov, Humoyunmirzo Iminov, Abbos Abdug‘afforov, Usmonali Ismonaliyev, Sardor Azimov, Sayfiddin Sodiqov, Asilbek Aliyev.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar:

Rahimjon Davronov, Odil Abdumajidov, Igor Golban, Ibrohim Yo‘ldoshev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Aleksandr Andronikashvili, Damir Temirov, Dragan Cheran, Doniyor Abdumannopov, Imeda Ashortia, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov.

Ma’lumot uchun, «Vashash» ayni payt Vengriyaning ikkinchi divizionida 2-o‘rinni egallab turibdi. Bu vengriyaliklarning yig‘indagi ikkinchi o‘yini bo‘lib, ular avvalroq Qirg‘iz Respublikasining «Aziya» jamoasini ham 4:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

«Andijon» uchun esa mazkur bellashuv yig‘indagi ikkinchi sinov bo‘ldi. Andijonliklar birinchi o‘yinda «Siverek Belediyespor»ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. Endi jamoa ushbu natijadan zarur xulosalar chiqarib, tayyorgarlik jarayonida kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Turkiyadagi yig‘inda «Andijon» «Vashash»ga yirik hisobda yutqazdi