
Amerikalik sportchi Jemmi Buker 2025 yilgi "Dunyoning eng kuchli ayoli" unvonidan mahrum qilindi, deb xabar bermoqda The New York Post. Texasda bo‘lib o‘tgan musobaqa tugaganidan bir necha kun o‘tib, Strongman Games tashkilotchilari uning diskvalifikatsiya qilinganini e’lon qildi.
Bunga sabab sifatida Bukerning ayollar toifasiga mos keladigan biologik jinsini tasdiqlay olmagani ko‘rsatildi. Official Strongman Games musobaqa qoidalariga ko‘ra, ishtirokchilar faqat o‘zlarining tug‘ilgan paytdagi biologik jinsiga mos toifada qatnashishi kerak.
Natijada ushbu unvon dastlab ikkinchi o‘rinni egallagan Britaniyalik sportchi Andrea Tompsonga topshirildi. Ushbu mojaro ayollar kuch sportida transgender sportchilarning ishtiroki bo‘yicha bahs-munozaralarni yana qayta jonlantirdi.
Buker diskvalifikatsiya bo‘yicha izoh bermadi. Musobaqa tashkilotchilari unga murojaat qilishga uringanini, ammo bu harakatlar samarasiz bo‘lganini ma’lum qildi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.