Chempionlar Ligasi favoritlari aniqlandi

Chempionlar Ligasi guruh bosqichining beshinchi tur uchrashuvlari yakunlanishi ortidan Goal portali turnirning asosiy favoritlari reytingini yangiladi. Birinchi o'rinni "Arsenal" egalladi.
London klubi besh tur davomida faqat g'alaba qozongan yagona jamoa hisoblanadi. O'tgan turda "to'pchilar" "Bavariya"ni 3:1 hisobida mag'lub etishdi.
Ikkinchi o'rinda turnirning amaldagi chempioni "PSJ" joylashgan. Kuchli uchlikni "Bavariya" yakunlab turibdi.
Reytingning keyingi o'rinlarida "Chelsi", "Real", "Manchester Siti", "Barselona", "Atletiko", "Inter" va "Borussiya Dortmund" jamoalari joylashgan. Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Chempionlar Ligasi finalida "PSJ" "Inter"ni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing