date

G‘ofur Rahimov WBC EuroAsia prezidenti bo‘ldi

G‘ofur Rahimov WBC EuroAsia prezidenti bo‘ldi
Bangkokda o‘tgan Butunjahon boks kengashining 63-konvensiyasida MDH va Bolqon mamlakatlari boks tashkiloti (CISBB) WBC EuroAsia deb qayta tashkil etildi va uning prezidenti etib bir ovozdan G‘ofur Rahimov saylandi. Mazkur qaror WBC direktorlar kengashi yig‘ilishida qabul qilindi.

WBC EuroAsia tashkilotining maqsadi Yevropa va Osiyo boksini birlashtirish hamda sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirishdan iborat. «O‘zbekistonning yangi platformadagi ishtiroki mamlakatning xalqaro sport maydonidagi mavqeini yanada mustahkamlaydi va yangi avlod chempionlari uchun yo‘l ochadi», — deyiladi O‘zbekiston Professional boks federatsiyasida.

Yangi tuzilma sportchilar, murabbiylar va hakamlar uchun ta’lim dasturlarini tashkil etish, shuningdek, mintaqalarda qo‘shma media va marketing tashabbuslarini yo‘lga qo‘yishga e’tibor qaratadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » G‘ofur Rahimov WBC EuroAsia prezidenti bo‘ldi