
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov JCH-2026da ishtirok etadigan eng yaxshi 100 futbolchi reytingida 86-o‘rinni egalladi. Ushbu reyting The Athletic nashri tomonidan beshta mezon asosida tuzilgan bo‘lib, ularga futbolchining hozirgi holati, o‘tmishdagi yutuqlari va jamoaga ta’siri kiradi.
Hozirda Husanov Angliyaning "Manchester Siti" klubida o‘ynaydi va milliy terma jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri hisoblanadi. Reytingda birinchi o‘rinni fransiyalik Kilian Mbappe egallagan bo‘lsa, ikkinchi pog‘onada norvegiyalik hujumchi Erling Xoland joylashgan.
Reytingda eng ko‘p futbolchi bilan Fransiya (12 o‘yinchi) yetakchilik qiladi, undan keyingi o‘rinda Braziliya (9 futbolchi) turadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.