date

Dubayda debyutantlar porladi: O‘zbekiston Xitoyga qarshi kambek qildi

Dubayda debyutantlar porladi: O‘zbekiston Xitoyga qarshi kambek qildi

Dubayda legionerlarsiz yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xitoyga qarshi mashg‘ulot bahsida maydonga tushdi va yopiq eshiklar ortida kechgan bellashuvda xarakter ko‘rsatib, kambek amalga oshirdi. Uchrashuvda eng yoqimli xabar — debyutantlar o‘zini ko‘rsatdi: 24 yoshli Javohir Husanov hamda 18 yoshli Behruz Karimov termamiz nomidan gol urdi.

Mazkur bahs oddiy o‘rtoqlik o‘yini emas, balki to‘liq sinov maydoni bo‘ldi. Mashg‘ulot maqomida o‘tkazilgan to‘qnashuv 35 daqiqadan 3 bo‘lim davom etdi. Fabio Kannavaro esa deyarli butun yig‘inni o‘yin ichida tekshirib chiqdi: jami 29 nafar futbolchi maydonga tushirildi. Bu degani — murabbiy har bir nomzodning tayyorgarligi, ruhiyati va o‘yin ritmiga moslashishini amaliy holatda ko‘rmoqchi.

Uchrashuvda hisobni xitoyliklar ochdi: 12-daqiqada penaltidan, 20-daqiqada esa o‘yindan gol urib, termamiz uchun vaziyatni og‘irlashtirib qo‘ydi. Ammo ikkinchi tarafdan, bu «oq bo‘rilar» uchun aynan kerakli ssenariy edi: qiyin vaziyatdan chiqish, iroda va oxirigacha kurashish.

Shu tariqa, o‘yinning oxirgi daqiqalarida biz kutgan burilish bo‘ldi. 90+1-daqiqada Javohir Husanov hisobni qisqartirib, kambekning eshigini ochdi. 105-daqiqada esa Behruz Karimov o‘zining 18 yoshiga yarashmaydigan sovuqqonlik bilan hisobni tenglashtirib qo‘ydi. Yoshlar uchun bunday gollar — faqat statistika emas, bu ishonch va kelajak uchun signal.

Endilikda yig‘indagi navbatdagi sinov 30 yanvar kuni bo‘ladi. O‘zbekiston milliy jamoasi Armaniston klubiga qarshi yana bir mashg‘ulot uchrashuvida maydonga tushadi. Kannavaro uchun esa bu bahslar bitta narsani hal qiladi: kim shunchaki yig‘in ishtirokchisi, kim esa haqiqiy raqobatchi.

O‘rtoqlik bahsi

O‘zbekiston — Xitoy 2:2

26 yanvar. Dubay

Gollar: Javohir Husanov (90+1), Behruz Karimov (105) — raqib futbolchilari (12 penaltidan, 20).

O‘zbekiston — O‘tkir Yusupov (Vladimir Nazarov 36, Edem Nemanov 71), Avaz O‘lmasaliyev (Jahongir O‘rozov 50), Doston Tursunov (Otabek Ahadov 50, Javohir Husanov 90), Quvondiq Ro‘ziyev (Sherzod Esanov 36, Sardor Bahromov 71), Ikrom Aliboyev (Ibrohim Ibragimov 36), Mahmud Mahamadjonov (Abbos G‘ulomov 36, Behruz Karimov 71), Anvar Hojimirzayev (Alisher Odilov 36, Jasur Jaloliddinov 71), Nodir Abdurazzoqov (Ibrohimxalil Yo‘ldoshev 50), Rustam Turdimurodov (Samandar Mavlonqulov 50, Fridavs Abdurahmonov 90), Aziz Xolmurodov (Oybek Bozorov 36, Xurshid G‘iyosov 71), Dilshod Komilov (Alibek Davronov 50).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dubayda debyutantlar porladi: O‘zbekiston Xitoyga qarshi kambek qildi