Nipah virusi xavfi qanchalik real va O‘zbekistonga ham kirib keladimi?

1 daqiqa o'qish7.6K
Nipah virusi xavfi qanchalik real va O‘zbekistonga ham kirib keladimi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Hozircha O'zbekiston hududida Nipah virusi bilan bog'liq biror holat aniqlanmagan va epidemiologik vaziyat to'liq nazorat ostida.
  • Virus hayvonlardan, asosan meva yeydigan ko'rshapalaklardan insonga yuqishi, zararlangan oziq-ovqat yoki ayrim hollarda insondan insonga o'tishi mumkin.
  • Kasallik bosh miya yallig'lanishi va nafas yo'llarining shikastlanishi kabi og'ir asoratlarni keltirib chiqaradi.

Hindistonda xavfli va hozirgacha vaksinasi hamda aniq davosi mavjud bo‘lmagan Nipah virusi bilan bog‘liq holatlar qaytadan qayd etildi. Shu ortidan tabiiy savol tug‘iladi: bu virus O‘zbekistonga ham kirib kelishi mumkinmi? Mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirdi.


Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda mamlakat hududida Nipah virusi bilan bog‘liq biror holat aniqlanmagan. Epidemiologik vaziyat to‘liq nazorat ostida. Shu bilan birga, mutaxassislar bu virusga nisbatan hushyorlikni yo‘qotmaslik kerakligini ta’kidlashmoqda.


Nipah virusi zoonoz kasalliklar qatoriga kiradi, ya’ni u hayvonlardan insonga yuqishi mumkin. Asosiy tashuvchi sifatida meva yeydigan ko‘rshapalaklar qayd etiladi. Virus zararlangan meva yoki oziq-ovqat orqali, ayrim hollarda esa insondan insonga ham yuqishi mumkin. Kasallik og‘ir kechib, bosh miya yallig‘lanishi, nafas yo‘llarining shikastlanishi kabi jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin.


So‘nggi yillarda Hindistonda Nipah virusi bilan bog‘liq holatlar vaqti-vaqti bilan kuzatilmoqda. Shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyoning ayrim davlatlarida ham ushbu kasallik uchragan. Shu sababli xavf mintaqa bilan bog‘liq safarlar alohida e’tibor talab qiladi.


Sanepidqo‘m Hindistonga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarga ehtiyot choralariga qat’iy amal qilishni tavsiya qildi. Qo‘llarni tez-tez sovunlab yuvish, antiseptik vositalardan foydalanish, meva-sabzavotlarni yaxshilab tozalash, tekshirilmagan suvni iste’mol qilmaslik muhim. Shuningdek, ko‘rshapalaklar shikastlagan yoki tishlagan mevalardan butunlay voz kechish lozim.


Agar safar vaqtida yoki undan keyin yuqori harorat, kuchli bosh og‘rig‘i, umumiy holsizlik kabi alomatlar sezilsa, vaqtni cho‘zmasdan shifokorga murojaat qilish kerak. Mutaxassislar aytishicha, erta tashxis — xavfli oqibatlarning oldini olishda eng muhim qadam.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?