TikTok yulduzi o‘z qiyofasini qariyb 1 mlrd dollarga sotdi

1 daqiqa o'qish1.8K
TikTok yulduzi o‘z qiyofasini qariyb 1 mlrd dollarga sotdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Kelib chiqishi senegallik TikTok blogeri Habi Lame (Khaby Lame) intellektual mulk huquqi bo‘yicha 975 million dollarlik kelishuv tuzgan.
  • AQShdagi Rich Sparkle Holdings kompaniyasi uch yil muddatga uning intellektual mulkidan eksklyuziv foydalanish, jumladan sun'iy intellekt asosidagi raqamli nusxasini yaratish huquqini olgan.

TikTok’da so‘zsiz videolari bilan tanilgan, kelib chiqishi senegallik bloger Habi Lейм (Khaby Lame) atrofida shov-shuvli xabar tarqaldi. “Tell News Magazine” ma’lumotiga ko‘ra, u intellektual mulk huquqi bo‘yicha 975 million dollarlik kelishuv tuzgan.

Xabarda aytilishicha, AQShdagi Rich Sparkle Holdings kompaniyasi uch yil muddatga Lеймning intellektual mulkidan eksklyuziv foydalanish huquqini qo‘lga kiritgan. Ushbu huquqlar qatorida uning sun’iy intellekt asosidagi raqamli nusxasini yaratish imkoniyati ham borligi qayd etilgan.

E’tiborli jihati shundaki, Lейм mablag‘ni oddiy “gonorar” sifatida olmagan. Nashr talqiniga ko‘ra, u kompaniyaning nazorat paketiga ega aksiyadoriga aylangan va shu tariqa oddiy kontent yaratuvchidan korporativ o‘yinchiga aylanishga harakat qilgan.

Mutaxassislar bunday modelni “inflyuenser daromadining yangi formulasi” sifatida baholamoqda: bir martalik reklama to‘lovlaridan ko‘ra, kompaniya ulushi orqali uzoq muddatli nazorat va kengayish kattaroq foyda keltirishi mumkin.

Lеймning yo‘li ham ko‘pchilik uchun tanish ssenariy emas: pandemiya davrida Italiyadagi zavoddan ishdan bo‘shatilgan oddiy ishchidan, TikTok’da 160 milliondan ortiq obunachiga ega eng mashhur kontent yaratuvchilardan birigacha. Uning minimalist, so‘zsiz tushunarli kontenti yirik brendlar bilan hamkorlik eshiklarini ochib bergan.

Nashrda keltirilishicha, kompaniya auditoriya ta’siri orqali ijtimoiy tarmoqlardagi savdo, litsenziyalash va AI-kontent yo‘nalishlaridan yiliga 4 milliard dollardan ortiq aylanma keltirishi mumkinligi haqida prognozlar mavjud.

Bitim haqidagi xabardan so‘ng moliya bozorlari ham “uyg‘ongan”: aytilishicha, Rich Sparkle Holdings aksiyalari bir savdo kuni ichida 250 foizdan ko‘proq oshgan.

Xullas, agar bu raqamlar tasdiqlansa, inflyuenserlar dunyosida “reklama — kecha”, “ulush — bugun” degan yangi qoida yozilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?