date

FIFAning mintaqaviy ofisi O'zbekistonda ochiladi

FIFAning mintaqaviy ofisi O'zbekistonda ochiladi

FIFAning mintaqaviy ofisi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi binosida joylashadi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyevning 2027 yilda yoshlar o‘rtasida (U-20) jahon chempionatini o‘tkazish bo‘yicha qarorida ko‘zda tutilgan.

Ofisni ta’minlash va faoliyatini tashkil etish xarajatlarining bir qismi FIFA tomonidan qoplanadi. Yetishmayotgan mablag‘lar esa O‘zbekiston futbolni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplanadi, lekin umumiy xarajatlarning 50 foizidan oshmasligi ko‘zda tutilgan.

Yosh futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatini o‘tkazish uchun maxsus tashkiliy qo‘mita tashkil qilinadi. Ushbu qo‘mitaga O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarlik qiladi.

Qo‘mita turnirni tashkil etish ishlari, infratuzilma yaratish va chempionat o‘tkaziladigan hududlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash masalalarini muvofiqlashtiradi. Transport vazirligiga Toshkentdan Yangi Toshkentga musobaqa ishtirokchilari uchun maxsus avtobuslar tashkil etish vazifasi yuklatildi.

Ushbu transport xizmatlari musobaqa qatnashchilari uchun bepul bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » FIFAning mintaqaviy ofisi O'zbekistonda ochiladi