date

Intriga yakunda so‘ndi Celta Vigo’da Valenciani yirik hisobda mag‘lub etdi

Intriga yakunda so‘ndi Celta Vigo’da Valenciani yirik hisobda mag‘lub etdi

La Liganing 18-tur uchrashuvida «Selta» o‘z maydonida «Valensiya»ni 4:1 hisobida yengdi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

O‘yin boshidan mezbonlar faolroq ko‘rindi: to‘p nazorati ko‘proq «Selta»da bo‘ldi, hujumlar esa asosan qanotlar orqali qurildi va jarima maydoni ichida yakunlashga urinishlar ko‘paydi. «Valensiya» qarshi hujumlar bilan javob qaytargan bo‘lsa-da, chiziqlar orasida uzilishlar sezildi.

33-daqiqada Borxa Iglesiyas penalti ishlab oldi va o‘zi aniq ijro etib, hisobni ochdi. Tanaffusga yaqin sur’at biroz pasaydi, biroq ustunlik baribir «Selta» tomonida qoldi.

Ikkinchi bo‘lim startida «Selta» tezda farqni oshirdi: Iglesiyas sherigining uzatmasini yakunlab, dubl qayd etdi. Shundan so‘ng «Valensiya» o‘yinga qaytishga urindi — Pepelu jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba bilan hisobni qisqartirdi.

Biroq intriga uzoqqa cho‘zilmadi. Mehmonlar himoyasidagi xato «Selta»ning uchinchi goliga sabab bo‘ldi — El-Abdellaui yakkama-yakka vaziyatdan sovuqqonlik bilan foydalanib, to‘pni darvozaga joyladi. 90-daqiqada esa Ugo Alvares bo‘sh hududdan unumli foydalanib, uchrashuvga nuqta qo‘ydi — 4:1.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Intriga yakunda so‘ndi Celta Vigo’da Valenciani yirik hisobda mag‘lub etdi