Simeone hozir Real haqida o'ylamasligini aytdi

Simeone hozir Real haqida o'ylamasligini aytdi

Madridning "Atletiko" jamoasi bosh murabbiyi Diego Simeone La Ligada "Real Sosedad"ga qarshi 1:1 hisobidagi durangdan so'ng fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvda "matrasniklar" 50-daqiqada Aleksandr Sorlothning goli bilan oldinga chiqdi, biroq 55-daqiqadayoq hisob tenglashib, ustunlikni saqlab qola olmadi. Simeone jamoasining navbatdagi raqibi — Madridning "Real" klubi bo'ladi. Ispaniya Superkubogi yarim finalidagi derbi 8 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

"Hozir "Real" haqida o'ylashni istamayman. Biz uchun La Ligada ko'proq ochko olish muhim edi. Hozir 38 ochkomiz bor — maqsadlarimizga erishmoqchi bo'lsak, bu yetarli bo'lmasligi mumkin", — deya Simeonenig so'zlarini keltiradi "Gazeta.Ru".

"Atletiko" Ispaniya chempionati turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. Klub "Vilyarreal" (38 ochko va zaxirada ikki o'yin), "Real" (45) hamda "Barselona"dan (49) ortda qolmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar