Romano Amorimning kelajagi bo'yicha vaziyat tarangligini aytdi

Mashhur insayder Fabritsio Romano «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim atrofidagi holat haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
So'nggi kunlarda portugaliyalik mutaxassisning matbuot anjumanidagi keskin gaplaridan keyin klubdagi kelajagi savol ostida qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Romano bu ma'lumotlar borligini tasdiqladi.
«Juda tarang vaziyat», — deya Amorimning «qizil iblislar» rahbariyati bilan munosabatlarini ta'rifladi transfer bo'yicha ekspert. Uning aytishicha, murabbiy klubning transfer bozori bo'yicha ishlaridan norozi, hozircha aniq qaror yo'q, biroq ijobiy siljish ham ko'rinmayapti.
Ruben Amorimning «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum yakunigacha mo'ljallangan. U jamoa boshqaruvini 2024 yil noyabridan buyon olib bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!