Romano Karlning Real haqidagi gaplariga munosabat bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumkor yarim himoyachisi Lennart Karl yaqinda bergan intervyusida kelajakda Madridning «Real» jamoasida o'ynashni orzu qilishini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
17 yoshli futbolchining bu so'zlari «Bavariya» muxlislariga unchalik yoqmagani tabiiy. Mashhur insayder Fabritsio Romano esa Karlning bayonotini haddan tashqari jiddiy qabul qilmaslikka chaqirdi: uning fikricha, yosh futbolchi shunchaki his-tuyg'ularini ochiq aytgan, xolos.
Romano ta'kidlashicha, Karl yaqin kelajakda «Bavariya»ni tark etishni rejalashtirmoqda emas. Aksincha, u o'zi uchun qadrli bo'lgan klubda asosiy tarkibdan joy olib, o'zini ko'rsatishga intilmoqda. Shu bois hozircha nemis iste'dodining «Real»ga o'tishi haqida gapirishning amaliy ahamiyati yo'q.
Eslatib o'tamiz, avgust oyida Lennart Karl «Bavariya» bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolagan. Transfermarkt mutaxassislari vunderkindning bozor qiymatini 60 mln yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!