date

Lautaro Inter g'alabasidan so'ng reja mukammal bo'lganini aytdi

Lautaro Inter g'alabasidan so'ng reja mukammal bo'lganini aytdi

Milaning «Inter» klubi hujumchisi Lautaro Martines A Seriyada «Bolonya» ustidan 3:1 hisobidagi g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Neradzzurri» sardori uchta goldan birini urib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. Mezbonlar safida Piotr Zelinski va Markus Tyuram ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

«O'yin uchun ideal rejamiz bor edi. Juda yaxshi start oldik, faol pressing qildik va shu orqali “Bolonya”ga, ayniqsa ikkinchi to'plar uchun kurashda katta muammolar yaratdik. Gollarimiz ham aynan shunday vaziyatlardan keldi», — deya Lautaro Martinesning so'zlarini DAZNga tayanib keltiradi «Gazeta.Ru».

«Inter» 17 turdan so'ng 39 ochko bilan A Seriya jadvalida peshqadam bo'lib turibdi. 7 yanvar kuni Kristian Kivu jamoasi safarda «Parma»ga qarshi bahs o'tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lautaro Inter g'alabasidan so'ng reja mukammal bo'lganini aytdi