date

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev Eronning «Persepolis» klubiga o‘tdi

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev Eronning «Persepolis» klubiga o‘tdi

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev faoliyatini Eronda davom ettiradi — u Tehronning «Persepolis» klubi bilan shartnoma imzoladi. Transfer haqida klubning o‘zi rasmiy ma’lumot berdi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

«Igor Sergeyev biz bilan. “Persepolis”ga xush kelibsiz», — deyiladi jamoa matbuot xizmati xabarida.

32 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum O‘zbekiston Superligasida «Paxtakor» safida eng sermahsul o‘yinchilardan biri bo‘ldi: 29 uchrashuvda 20 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Sergeyev 2025 yilda mamlakatning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan, uning taxminiy transfer qiymati esa 1,2 mln dollarni tashkil etadi.

Hujumchi avvalroq, 2021–2023 yillarda Qozog‘istonda «Aqtobe» va «Tobol» klublari sharafini himoya qilgan. Qostanay jamoasi tarkibida u chempionatning oltin medallarini ham qo‘lga kiritgan.

Ayni paytda «Persepolis» Eron chempionatida 28 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev Eronning «Persepolis» klubiga o‘tdi