Gvardiola kechagi tayyor g‘alaba "boy berilgan" o‘yin haqida nimalar dedi?

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Chelsi»ga qarshi o‘yindan keyin bir qator masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
«Chelsi» haqida
Gvardiola «Chelsi»ni jahon darajasidagi raqib sifatida ta’rifladi. Uning aytishicha, bu jamoada akademiyadan chiqqan yigitlar emas, balki eng yuqori saviyadagi futbolchilar jamlangan. Shu sababli, bunday raqibga qarshi 90 daqiqa davomida o‘yinni to‘liq boshqarib turish juda qiyin vazifa ekanini ta’kidladi.
Yanvar oyidagi transfer rejalari haqida
Mutaxassis bu borada hozircha aniq reja va tasavvur yo‘qligini aytdi: hech narsani bilmasligini, hech qanday fikr shakllanmaganini ochiq bildirdi.
«Brayton» o‘yini oldidan futbolchilarning qaytishi haqida
Gvardiolaning so‘zlariga ko‘ra, kimlardir tez orada safga qaytishi mumkinmi-yo‘qmi — hozircha noma’lum. U ehtimol, yo‘q deb o‘ylashini, lekin aniq javob berishga erta ekanini aytdi. Sababi — hali shifokorlar bilan batafsil suhbatlashmagan.
«Chelsi»ga qarshi o‘yin bahosi
Gvardiola jamoasi faqat 45 daqiqa emas, deyarli 90–95 daqiqa davomida juda yaxshi harakat qilganini qayd etdi.
Rodri haqida
U Rodrini favqulodda darajadagi futbolchi deb atadi. Gvardiola Rodrining xotirjamligi, o‘yinni boshqara olishi va jamoaga ta’siri orqali «Siti»ni ko‘p jihatdan kuchaytirishini ta’kidladi. Shu bilan birga, murabbiy asosiy savolni ham qo‘ydi: uch kundan keyin yana kuchli raqibga qarshi bahs bor, Rodri o‘sha o‘yinda maydonga tushadimi-yo‘qmi?
Gvardiola shu yerda vaziyatni ham ochiq aytib o‘tdi: Mateo Kovachich va Niko Gonsales hali to‘liq tayyor emas. Shu bois, tarkib va o‘yinni qanday yo‘lga qo‘yish masalasiga keyingi kunlarda aniqlik kiritishini bildirdi.
O‘yin detallari bo‘yicha fikrlar
Uning aytishicha, birinchi bo‘limda jamoa o‘yinni yaxshi nazorat qildi. Ikkinchi bo‘limda esa ikki marta to‘pni yo‘qotib qo‘yish ortidan «Chelsi»da ikki imkoniyat paydo bo‘ldi. Shunga qaramay, uchrashuv oxirida «Siti»da iqtidorli futbolchilar hisobidan 2ga1, 3ga2 kabi qulay holatlar yuzaga kelgan, lekin yetarlicha “yaqqol” golli vaziyatga aylantirishda samara kam bo‘lganini aytdi.
Gvardiola jamoa barcha chiziqlarda yuqori saviyada o‘ynaganini, biroq ikkinchi, uchinchi yoki to‘rtinchi golni urib, o‘yinni uzib ketish imkoniyatidan foydalana olmaganini qo‘shimcha qildi. Ikkinchi bo‘limda sur’at yanada oshirilganini ham ta’kidladi.
«Chelsi»ning o‘yini haqida
Gvardiola birinchi bo‘limda «Chelsi» ehtiyotkorroq harakat qilganini, ikkinchi bo‘limda esa ularda yo‘qotadigan narsa qolmagani uchun oldinga ko‘proq chiqqanini aytdi. Uning fikricha, oxirida «Chelsi» o‘z “mukofoti”ni oldi.
Yakunlovchi xulosa
Gvardiola masala kutilgan gollar yoki raqamlar emasligini aytib o‘tdi: hal qiluvchi hududda qanchalik samarali bo‘lish — eng asosiy omil. Shu bilan birga, umumiy kartinaga baho berib, jamoa qanday himoyalangani, qanday yugurgani va qanday o‘ynagani jihatidan daraja juda baland bo‘lganini ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!