Jo Bayden oladigan yillik nafaqa miqdori ochiqlandi

AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden har yili taxminan 417 ming dollar miqdorida nafaqa oladi. Bu haqda The New York Post nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Baydenga to‘lanadigan nafaqa uning prezidentlik davridagi rasmiy maoshidan ham yuqori. Shuningdek, ushbu summa Barak Obama oladigan nafaqadan qariyb ikki barobar ko‘p ekani qayd etilgan. Ma’lum qilinishicha, Baydenning nafaqasi prezident sifatida olgan yillik maoshidan 17 ming dollarga ortiq.
Maqolada ta’kidlanishicha, sobiq prezidentga belgilangan yuqori nafaqa uning ko‘p yillik siyosiy faoliyati bilan bog‘liq. Xususan, u iste’foga chiqqanidan keyin ilk yildanoq ikki xil davlat pensiya jamg‘armasidan to‘lov olish huquqiga ega. Soliq to‘lovchilarni himoya qilish milliy jamg‘armasi vitse-prezidenti Demian Bredining so‘zlariga ko‘ra, Bayden o‘zining siyosiy faoliyati tufayli “noyob maqom”ga ega hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Jo Bayden o‘z faoliyati davomida senator, vitse-prezident hamda prezident lavozimlarida ishlagan bo‘lib, aynan shu tajriba uning nafaqa miqdori shakllanishida muhim omil sifatida baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!