date

Kot-d’Ivuar uchta gol bilan chorak finalga chiqdi, ularni Misr kutmoqda

Kot-d’Ivuar uchta gol bilan chorak finalga chiqdi, ularni Misr kutmoqda

Afrika Millatlar kubogida nimchorakfinal bosqichining so‘nggi uchrashuvi ham o‘z javobini berdi. Kot-d’Ivuar terma jamoasi Burkina-Fasoga qarshi maydonga chiqib, bahsni ishonchli va keskin ruhda 3:0 hisobida yakunladi.

Uchrashuvning boshidanoq «fillar»ning kayfiyati jiddiy ekani ko‘rinib turdi. 20-daqiqada Diallo hisobni ochib, jamoaga erta ustunlikni taqdim etdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 32-daqiqada Diomande yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va o‘yin sur’atini Kot-d’Ivuar foydasiga burib yubordi.

Burkina-Faso ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘zgartirishga urinib ko‘rdi, ammo himoyadagi xatolar va raqibning bosimi “nafas oldirmadi”. Bahsning oxirida, 87-daqiqada Ture uchinchi golni urib, hisobga yakuniy nuqtani qo‘ydi — 3:0.

Shu tariqa, Kot-d’Ivuar nimchorakfinaldan muammosiz o‘tib, chorakfinalning so‘nggi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatga kirdi. Endi esa «fillar»ning oldida haqiqiy imtihon turibdi: yarimfinalga chiqish yo‘lida ularni Misr terma jamoasi kutib turibdi.

Afrika Millatlar kubogi. 1/8 final

Kot-d’Ivuar — Burkina-Faso 3:0

Gollar: Diallo 20, Diomande 32, Ture 87

Kot-d’Ivuar: Fofana - Diallo, Diomande, Inao Ulai, Gessan, Due, Kese, Konan, Kossunu, N’Dika, Sangare.

Burkina-Faso: Koffi - Dayo, Kuassi, Nagalo, Simpore, Tapsoba, Uattara, Uedraogo, Yaro, Iriye, L.Traore.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kot-d’Ivuar uchta gol bilan chorak finalga chiqdi, ularni Misr kutmoqda