date

Standartdan gol va Nkunkening kechki javobi Fiorentina va Milan durang o‘ynadi

Standartdan gol va Nkunkening kechki javobi Fiorentina va Milan durang o‘ynadi

Florensiyada A Seriyaning 20-tur uchrashuvida “Fiorentina” va “Milan” 1:1 hisobida durang qayd etdi. Mezbonlar standart vaziyatdan oldinga chiqdi, ammo mehmonlar o‘yin oxirida hisobni tenglashtirdi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Bellashuv boshida jamoalar asosan markazda kurash olib bordi: hujumga chiqishlar almashdi, qo‘polliklar ham ko‘p bo‘ldi. “Milan” qanotlar va jarima maydoni yoyi atrofidagi bo‘shliqlarni izlab, hujumlarda faolroq ko‘rindi. Pulisich bir necha bor vaziyatni keskinlashtirdi, biroq zarbalar aniq yakunlanmadi. Eng xavfli epizodda u Fyullkrug uzatmasidan so‘ng darvozabon bilan yakkama-yakka chiqdi, ammo de Xea jamoasini gol o‘tkazib yuborishdan asradi.

Tanaffus arafasida emotsiyalar zaxira o‘rindig‘iga ham ko‘chdi: “Fiorentina” bosh murabbiyi Paolo Vanoli to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi.

Ikkinchi bo‘limda “binafshalar” ko‘proq ikkinchi to‘plarni yutdi va standartlardan tez-tez foydalanishga urinib ko‘rdi. 67-daqiqada aynan shunday vaziyat samara berdi: Gudmundssonning burchakdan uzatmasidan keyin Pyetро Komutstso bosh bilan zarba berib, to‘pni ustun ostiga yo‘lladi va hisobni ochdi.

“Milan” zudlik bilan o‘zgartirishlar qilib, hujum tezligini oshirdi. Rabyo qo‘pollik orqali raqib hujumini to‘xtatgani uchun sariq kartochka oldi, biroq bosim tobora kuchaydi. 89-daqiqada Kristofer Nkunku hisobni tenglashtirdi: Salemakers va Fofana hujumni tezlashtirdi, yakunda yaqin burchakka yo‘llangan zarba ustunga tegib, darvozadan joy oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Standartdan gol va Nkunkening kechki javobi Fiorentina va Milan durang o‘ynadi