PSJ darvozaboni Safonov haqida quvonchli xabar paydo bo‘ldi

PSJ darvozaboni Matvey Safonov Qit’alararo kubok finalidan so‘ng klubning tibbiy bo‘limi nazoratida qolmoqda. O‘sha bahsda u penaltilar seriyasida to‘rtta zarbani qaytargan, biroq qo‘lidan jarohat olgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endilikda ijobiy yangilik bor: Safonovning qo‘li bo‘yicha so‘nggi tekshiruvlar yaxshi natija ko‘rsatdi. Sport24 xabariga ko‘ra, rossiyalik posbon yaqin kunlarda PSJning umumiy mashg‘ulotlar guruhiga qaytadi.
Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni PSJ Chempionlar ligasida “Sporting”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan keyin Fransiyada parijliklarning asosiy darvozaboni Lyuka Shevalye tanqid ostida qoldi.
PSJ navbatdagi o‘yinini 23-yanvar, juma kuni safarda “Oser”ga qarshi o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing