Kilmеs stadionni yangilash uchun muxlislarni yordamga chaqirmoqda

Argentinaning eng qadimiy klublaridan biri bo‘lgan «Kilmеs» (1887 yilda tashkil topgan) hozir og‘ir davrni boshdan kechirmoqda. Ko‘p sonli muxlislarga ega jamoa ayni paytda qo‘llab-quvvatlashga muhtoj. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub rahbariyati stadionni qayta qurish rejasini e’lon qilib, muxlislarga odatdagidek pul yig‘ish emas, balki bevosita mehnat bilan yordam berishni taklif qildi. Ya’ni ishqibozlar stadionga kelib, rekonstruksiya jarayonida turli jismoniy vazifalarni bajarishi ko‘zda tutilgan.
Janubiy yarimsharda yozning jazirama issig‘iga qaramay, muxlislar bu chaqiriqqa faol javob qaytardi va stadion ishlarida ishtirok etishga rozi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing