date

Argentina grand klubi Kilmеs stadionini qayta qurish uchun muxlislarni chaqirdi

Argentina grand klubi Kilmеs stadionini qayta qurish uchun muxlislarni chaqirdi

Argentinaning eng qadimiy jamoalaridan biri sanaladigan «Kilmеs» 1887 yilda tashkil topgan va yillar davomida katta muxlislar armiyasini to‘plagan. Biroq hozir klub og‘ir davrni boshdan kechirmoqda va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu sabab rahbariyat stadionni qayta qurish g‘oyasini ilgari surib, muxlislarga noodatiy murojaat qildi. Gap pul yig‘ish yoki xayriya so‘rash haqida emas — klub tarafdorlarini eski uslubda, bevosita stadionga kelib, jismoniy mehnat bilan rekonstruksiya ishlarida qatnashishga taklif etmoqda.

Janubiy yarimsharda yozning jazirama kunlari hukmron bo‘lishiga qaramay, muxlislar bu chaqiriqqa faol javob berdi va stadiondagi ishlarga ko‘ngilli tarzda qo‘shilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentina grand klubi Kilmеs stadionini qayta qurish uchun muxlislarni chaqirdi