date

Fenerbahche sobiq futbolchisi Mourinyoni tanqid qildi va va'dasini eslatdi

Fenerbahche sobiq futbolchisi Mourinyoni tanqid qildi va va'dasini eslatdi

Fenerbahche sobiq futbolchisi Linkoln bosh murabbiy Joze Mourinyoning o'ziga nisbatan tutumidan norozi ekanini bildirib, portugaliyalik mutaxassisni tanqid qildi. Mourinyo Istanbul klubini 2024–2025 yillarda boshqargan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Linkolnning aytishicha, murabbiy unga bergan va'dasida turmagan va bu holatni hurmatsizlik deb qabul qilgan. Futbolchi ijara asosida Hull Siti jamoasiga ketishidan oldin Mourinyo bilan gaplashgani, u esa yozgi yig'inga Portugaliyaga chaqirishini aytganini ta'kidladi. Biroq Angliyadagi mavsum tugagach, u yig'inga taklif kutgan, tarjimon orqali bog'lanmoqchi bo'lganida esa Mourinyo muloqotdan bosh tortib, sport direktoriga murojaat qilishni aytgan.

Linkolnning so'zlariga ko'ra, jamoa Portugaliyada yig'in o'tkazayotgan paytda u ham Portugaliyada bo'lgan, shunga qaramay Mourinyo uni Istanbulga qaytarib, alohida mashg'ulot o'tkazishni buyurgan. U bu qarorni adolatsiz va hurmatsiz munosabat sifatida baholab, klub uchun ko'plab o'yinlarda o'z pozitsiyasida bo'lmasa ham bor kuchi bilan harakat qilganini, og'ir jarohatdan keyin esa yetarli qo'llab-quvvatlov ko'rmaganini qo'shimcha qildi.

Ma'lumot uchun, hozirda Joze Mourinyo Benfika klubini boshqarmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fenerbahche sobiq futbolchisi Mourinyoni tanqid qildi va va'dasini eslatdi