date

Argentinaning eng qadimiy klubi stadionni yangilashga chaqirdi

Argentinaning eng qadimiy klubi stadionni yangilashga chaqirdi

1887 yilda tashkil topgan va Argentina futbolining eng qadimiy jamoalaridan biri sanaladigan “Kilmes” hozir og'ir davrni boshdan kechirmoqda. Klub rahbariyati vaziyatni yumshatish va infratuzilmani yaxshilash uchun muxlislardan ko'mak so'radi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gap odatdagi moliyaviy xayriya haqida emas. “Kilmes” stadioni qayta qurilishi doirasida fanatlarga bevosita kelib, jismonan ishlash — maydondagi turli ta'mirlash va qayta jihozlash vazifalarini bajarish taklif qilindi.

Janubiy yarimsharda jazirama yoz hukmron bo'lishiga qaramay, klub ishqibozlari chaqiriqqa faol javob qaytardi va stadiondagi ishlarga ko'ngilli sifatida qo'shildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentinaning eng qadimiy klubi stadionni yangilashga chaqirdi