Luis Enrike Mbaye muvaffaqiyatidan xursandligini aytdi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa a'zolari — senegallik qanot hujumchisi Ibraima Mbaye va marokashlik himoyachi Ashraf Hakimi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Har ikki futbolchi yaqinda Afrika Millatlar kubogida ishtirok etdi. Hakimi uzoq davom etgan jarohatdan keyin tiklanib, musobaqani ikkinchi o'rin bilan yakunladi, Mbaye esa Senegal bilan qit'a chempioni bo'ldi.
Enrikening ta'kidlashicha, Hakimi jamoaga qaytdi va hozircha o'zini yaxshi his qilmoqda. Murabbiy mashg'ulot oldidan u bilan gaplashib, ahvolini bilib olishini, keyin esa uning tarkibda bo'lish-bo'lmasligi yuzasidan qaror qabul qilinishini aytdi.
Shuningdek, Enrike Mbaye haqidagi fikrini ham yashirmadi: murabbiy yosh futbolchi terma jamoada ham, PSJ safida ham o'yin amaliyotiga ega bo'lib, bu tajriba uning yanada ulg'ayishiga xizmat qilishini qayd etdi. Enrike Mbaye hozirning o'zidayoq yuqori darajaga mos ekanini urg'uladi.
27 yoshli Hakimi Afrika Millatlar kubogida 5 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatma berdi. 17 yoshli Mbaye esa 6 uchrashuvda 1 marta raqib darvozasini ishg'ol qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!