date

Google Photos sun'iy intellektli raqamli garderob funksiyasini e'lon qildi

Google Photos sun'iy intellektli raqamli garderob funksiyasini e'lon qildi

Google Photos ilovasi sun'iy intellektga asoslangan yangi funksiyani e'lon qildi. Bu imkoniyat foydalanuvchilarning kiyim suratlarini raqamli javonga aylantiradi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Yangi texnologiya yordamida turli liboslarni o'zaro moslashtirish va ularni virtual tarzda kiyib ko'rish mumkin. G'oya mashhur "Clueless" filmidagi qahramonning virtual kiyim javonidan ilhomlanib yaratilgan.

Google kompaniyasining ta'kidlashicha, sun'iy intellekt ilova kutubxonasidagi suratlarni tahlil qilib, kiyimlarning nusxasini avtomatik ravishda shakllantiradi. Foydalanuvchilar liboslarni toifalar bo'yicha saralashi va yangi uslublarni yaratishi mumkin.

Yaratilgan uslublarni do'stlar bilan ulashish yoki maxsus raqamli doskaga saqlab qo'yish imkoniyati mavjud. Bu funksiya sayohat, ish yoki bayramlar uchun mos kiyimlarni oldindan tanlashni osonlashtiradi.

Hozircha mazkur funksiya to'liq ishga tushirilmagan. Biroq yoz oylarida Android qurilmalari uchun, keyinroq esa iOS tizimida "To'plamlar" bo'limida paydo bo'lishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Google Photos sun'iy intellektli raqamli garderob funksiyasini e'lon qildi