Xiaomi olovni o'chirishni eslatuvchi yangi gaz plitasini taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi tabiiy gazda ishlaydigan yangi Mijia Gas Stove 3C 5200W gaz plitasini taqdim etdi. Qurilma Youpin platformasida sotuvga chiqdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Uning tavsiya etilgan narxi 130 dollarni tashkil etadi, biroq dastlabki xaridorlar uchun 100 dollardan taklif qilinmoqda.
Ishlab chiqaruvchining ma'lumotlariga ko'ra, panel yangilangan yirik yondirgichga ega. Bu olovning markazdan chetlarga bir tekis taqsimlanishini ta'minlaydi.
Natijada mahalliy qizib ketish kamayadi va ovqat tayyorlash samaradorligi oshadi.
Qurilma Mijia ekotizimiga integratsiya qilingan bo'lib, uni dudburon bilan bog'lash mumkin. Shuningdek, plita foydalanuvchiga olovni o'chirishni unutganligini avtomatik ravishda eslatib turadi.
Tizim quvvati 5,2 kVtni tashkil qiladi, foydali ish koeffitsiyenti esa 65 foizdan kam emas. Panelning o'lchamlari 760x410x150 millimetr, og'irligi esa 10 kilogrammga teng.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!