date

Al-Nasr Ronalduini 2027 yildan keyin ham saqlab qolmoqchi

Al-Nasr Ronalduini 2027 yildan keyin ham saqlab qolmoqchi

Hujumchi Krishtianu Ronaldu 2027 yil yozida, jamoa bilan amaldagi shartnomasi yakunlangach, «Al-Nasr»ni tark etishni ko'zlamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni portugaliyalik yulduzni mamlakatda ushlab qolishning muqobil yo'lini ko'rib chiqmoqda: Ronaldu klub egalaridan biri sifatida «Al-Nasr»dagi hozirgi ulushini 15 foizgacha oshirishi mumkin. Liga rahbariyati Ronaldu ketgan taqdirda xalqaro qiziqish keskin pasayib ketishining oldini olish bo'yicha turli ssenariylarni ham o'rganmoqda.

Ronaldu 2023 yilda erkin agent sifatida «Al-Nasr»ga kelgandi. Joriy mavsumda u Saudiya klubida 20 o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr Ronalduini 2027 yildan keyin ham saqlab qolmoqchi