Kilmyes stadionni yangilash uchun muxlislarni ishga chorlamoqda

Argentinaning eng qadimiy klublaridan biri sanaladigan «Kilmyes» (1887 yilda tashkil topgan) bugun og'ir davrni boshdan kechirmoqda. Shu bois jamoa rahbariyati qo'llab-quvvatlash so'rab, bevosita muxlislarga murojaat qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub stadionni qayta qurish rejasini ishga tushirmoqda, ammo bu safar gap odatdagidek xayriya mablag'i yig'ish haqida emas. Muxlislarga «eski usulda» — stadionga kelib, qurilish-ta'mirlash ishlarida jismonan yordam berish taklif etildi: maydon atrofini tartibga keltirish, mayda ta'mir va qayta jihozlashga doir vazifalar shular jumlasidan.
Janubiy yarim sharda yozning jazirama kunlari hukm surayotganiga qaramay, «Kilmyes» ishqibozlari chaqiriqqa mamnuniyat bilan javob berdi va klubga yelkadosh bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!