Ronaldu ishtirokisiz g'alaba uchun ikki emodzi bilan javob berdi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko'ra OFK Chempionlar ligasi 2 (Osiyodagi nufuz jihatidan ikkinchi klub turniri) guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, “Al-Nasr” sardorisiz ham ishonchli natija ko'rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Saudiya klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi o'yinini ham yutib, beshta bahsda beshta g'alabaga erishdi. Tojikistonda “Istiqlol” 4:0 hisobida yirik mag'lubiyatga uchradi.
Uchrashuvdan so'ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda “Al-Nasr” guruhni birinchi o'rinda yakunlab, keyingi bosqichga chiqqani haqidagi postni repost qildi va unga olov hamda qarsak emodzilarini qo'shdi.
40 yoshli portugaliyalik yulduzning “Al-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!