Zamin App
Zamin.uz Mobil ilovamizda yangiliklarni qulayroq o'qing!
Yuklab olish
USD: 12136.92   EUR: 14191.70   RUB: 159.99

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga rahbar bo'lib qaytdi

date views 3 category Sport
David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga rahbar bo'lib qaytdi

Turinning “Yuventus” klubi hamda Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege Argentinaga qaytdi. U avvalroq Buenos-Ayresdagi “River Pleyt” safida ham to'p surgan va jamoa bilan mamlakatning ikkinchi ligasida chempionlikni ham qo'lga kiritgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Endilikda Trezege klubda rahbariyat tarkibiga qo'shiladi. Uning aniq lavozimi ochiqlanmagan bo'lsa-da, “River Pleyt” uni butun rahbariyat ishtirokidagi taqdimot marosimi orqali tanishtirdi.

Tadbirda Trezege klubning strategik masalalari bilan shug'ullanishi va “River Pleyt”ni institutisonal darajada vakillik qilishi ma'lum qilindi. Eslatib o'tamiz, fransuz futbolchi 2015 yilda professional faoliyatini yakunlagan.

Mavzuga oid yangiliklar
So'nggi yangiliklar
Ko'p o'qilganlar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.