date

Xaykin Manchster Siti ustidan g'alabani tarixiy deya baholadi

Xaykin Manchster Siti ustidan g'alabani tarixiy deya baholadi

Norvegiyaning «Bude-Glimt» klubi darvozaboni Nikita Xaykin «Manchster Siti» ustidan qo'lga kiritilgan muhim g'alaba haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 7-tur uchrashuvida norvegiyaliklar 3:1 hisobida zafar quchdi.

«O'yindan keyin ham biz XXI asr futbol industriyasidagi eng kuchli tashkilotlardan birini yutganimizni darrov anglab yetmadik. Bu uchrashuv nafaqat jamoamiz, balki norvegiyaliklar va umuman Norvegiya sporti uchun ham tarixga kirdi», — dedi Xaykin «VideoSports» dasturida.

Darvozabon ushbu natijani o'z faoliyatidagi eng esda qolarli g'alabalardan biri sifatida qayd etdi.

Hozirda «Bude-Glimt» Chempionlar ligasi turnir jadvalida 6 ochko bilan 28-o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xaykin Manchster Siti ustidan g'alabani tarixiy deya baholadi