Ronaldu faoliyatini qachon yakunlashni belgilab oldi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu karyerasini qachon tugatishni rejalashtirmoqda. Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi Saudiya klubini 2027 yil yozida — amaldagi shartnomasi muddati yakunlangach — tark etmoqchi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, aynan o‘sha paytda Ronaldu katta ehtimol bilan futbolchilik faoliyatiga ham nuqta qo‘yadi. 2027 yilga borib «Oltin to‘p»ning besh karra sohibi 42 yoshga to‘ladi.
Ronaldu «Al-Nasr» safida 2023 yil boshidan beri o‘ynamoqda. Hozir 40 yoshli hujumchi Saudiya Arabistoni chempionatining to‘purarlar poygasida 16 uchrashuvda urgan 16 goli bilan yetakchilik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing