Slutskiy boshqaruvidagi Shanghai Shenhua Osiyoda yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshchiligidagi «Shanghai Shenhua» Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida safarda «Sanfrecce Hiroshima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va yana ochkosiz qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada urildi: mezbonlar himoyachisi Hayato Araki hal qiluvchi zarbani aniq ijro etdi. Bu maglubiyat Xitoy klubi uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi yutqazish bo‘ldi.
Olti turdan keyin «Shanghai Shenhua» 4 ochko bilan jadvalda 11-o‘rinda bormoqda. «Hiroshima» esa 11 ochko jamg‘argan holda uchinchi pog‘onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing