Namanganda kanalga tushib ketgan 3 yoshli bola qutqarib qolindi

1 daqiqa o'qish776
Namanganda kanalga tushib ketgan 3 yoshli bola qutqarib qolindi

Namanganda kanalga tushib ketgan 3 yoshli bola qutqarib qolindi

Namangan viloyatida insonparvarlik va jasorat namunasiga aylangan voqea yuz berdi. Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimi oqimda oqib ketayotgan kichik yoshli bolani qutqarib qoldi.

Maʼlum qilinishicha, 26 aprel kuni Yangi Namangan tumanidagi “Mingterak” mahallasi hududidan oʻtuvchi Katta Namangan kanalida 3 yoshli bola suvga tushib, oqim boʻylab ketgan.

Aynan shu vaqtda Davlatobod tumani FVV boʻlimi xodimi Ulugʻbek Asqarov xizmatdan qaytib ketayotgan edi. U tasodifan bolaning xavfli holatda ekanini payqab qolib, bir zumda harakatga oʻtgan.

Qutqaruvchi hech ikkilanmasdan suvga sakrab tushib, choʻkib ketayotgan bolani olib chiqqan va uning hayotini saqlab qolgan. Taʼkidlanishicha, bolaga zudlik bilan yordam koʻrsatilgan va hozirda uning ahvoli yaxshi.

Ushbu qutqaruv jarayoni mahalliy aholining uyiga oʻrnatilgan kuzatuv kamerasi orqali ham tasvirga tushib qolgan.

Mazkur holat qutqaruvchilarning har qanday vaziyatda tayyor va fidoyi ekanini yana bir bor isbotladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?