Xaykin Manchester Siti ustidan g'alabani tarixiy deb atadi

Norvegiyaning «Bude-Glimt» klubi darvozaboni Nikita Xaykin Chempionlar ligasida «Manchester Siti» ustidan qo'lga kiritilgan g'alabaga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 7-tur uchrashuvida norveglar 3:1 hisobida zafar quchdi.
«O'yindan keyin ham biz XXI asr futbol industriyasidagi, ehtimol, eng kuchli tizimlardan birini yutganimizni darhol anglab yetmadik. Bu o'yin nafaqat biz uchun, balki norveglar va umuman Norvegiya sporti uchun ham tarixga kirdi», — dedi Xaykin VideoSports dasturida.
Darvozabonning qo'shimcha qilishicha, bu natija uning faoliyatidagi eng muhim g'alabalardan biri hisoblanadi.
Hozirda «Bude-Glimt» Chempionlar ligasi turnir jadvalida 6 ochko bilan 28-o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!