date

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

“Yuventus” va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga keldi. U avvalroq “River Pleyt” safida ham to‘p surib, klub bilan birga mamlakatning ikkinchi divizionida chempionlikni qo‘lga kiritgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Endi Trezege Buenos-Ayres klubi tuzilmasiga boshqa maqomda qaytmoqda — u rahbariyat tarkibiga kirishi kutilmoqda. Uning “River Pleyt”dagi aniq lavozimi hozircha ochiqlanmagan bo‘lsa-da, klub sobiq futbolchini butun boshqaruv jamoasi ishtirokidagi taqdimot marosimi orqali rasman tanishtirdi.

Ta’kidlanishicha, Trezege strategik yo‘nalishlar bo‘yicha ishlaydi hamda “River Pleyt”ni institutsional darajada vakillik qiladi. Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi 2015 yilda faoliyatini yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi