Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua yana mag'lub bo'ldi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turida navbatdagi mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Xitoy klubi safarda «Sanfrecce Xirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv taqdirini 78-daqiqada mezbonlar hal qildi — himoyachi Hayato Araki aniq zarbasi bilan hisobni ochdi. Shu tariqa «Shanxay Shenxua» uchun mazkur turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyat qayd etildi.
Olti turdan so'ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onadan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing