Al-Nasr Ronaldu 2027 yildan keyin ham Saudiyada qolishini istaydi

Hujumchi Krishtianu Ronaldu 2027 yil yozida, klub bilan amaldagi shartnomasi yakunlangach, «Al-Nasr»ni tark etish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni portugaliyalik yulduzni mamlakatda saqlab qolish uchun uni klub egasi sifatida loyihaga yaqinlashtirish variantini ko'rib chiqmoqda. Rejaga binoan, Ronaldu hozirgi ulushini «Al-Nasr»da 15 foizgacha oshirishi mumkin. Liga esa futbolchi ketishi ortidan dunyo miqyosidagi qiziqish keskin pasayib ketmasligi uchun turli ssenariylarni tahlil qilmoqda.
Ronaldu 2023 yilda erkin agent sifatida «Al-Nasr»ga o'tgandi. Joriy mavsumda u Saudiya klubi safida 20 o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing