UEFA Rossiya terma jamoasini Millatlar ligasiga kiritmadi

UEFA 2026/2027 yilgi Millatlar ligasi qurasi uchun savatchalar tarkibini e’lon qildi. Avvalroq xabar qilingani kabi, turnir ishtirokchilari ro‘yxatida Rossiya terma jamoasi yana yo‘q. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bunday qaror kutilmagan holat emas: Rossiya futbol ittifoqiga (RFI) nisbatan sanksiyalar hamon amalda bo‘lib, ular FIFA darajasida ham saqlanib qolmoqda. Bu cheklovlar deyarli to‘rt yildirki davom etyapti va shu davr ichida Rossiya terma jamoasi faqat o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushish huquqiga ega.
Millatlar ligasi qurasi 12 fevral kuni o‘tkaziladi. O‘tgan yozda musobaqada Portugaliya g‘olib chiqqan — finalda ular Ispaniya bilan 2:2 hisobidagi durangdan so‘ng penaltilar seriyasida ustun kelgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing