Toshkent shahrida qizlarni Dubayga aldab joʻnatgan ayol ushlandi

1 daqiqa o'qish586
Toshkent shahrida qizlarni Dubayga aldab joʻnatgan ayol ushlandi

Toshkent shahrida qizlarni xorijga noqonuniy ravishda joʻnatish bilan shugʻullangan ayol qoʻlga olindi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu holat DXX va ichki ishlar organlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fosh etilgan.

Tekshiruvlarga koʻra, gumonlanuvchi jinoiy guruh vakili sifatida qizlarni aldov yoʻli bilan yollab, ularni xorijda jinsiy ekspluatatsiya qilish maqsadida yuborish bilan shugʻullangan.

U 4 nafar qizdan birini oʻzi bilan birga Dubai shahriga olib ketayotgan paytda Toshkent xalqaro aeroportida toʻxtatib qolingan.

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 135 moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hozirda ish boʻyicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunchilikka muvofiq, bunday jinoyatlar uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?