Igor Diveyev Podolski, Shvaynshtayger va Ozil bilan suratni ulashdi

«Zenit» va Rossiya terma jamoasi himoyachisi Igor Diveyev arxivdagi suratini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi. Kadrda 10 yoshli Diveyev Germaniya terma jamoasi futbolchilari yonida tasvirlangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Suratda Lukas Podolski, Bastian Shvaynshtayger hamda Mesut Ozil ham ko‘rinadi. Ushbu foto 2010 yilgi Jahon chempionati saralashi doirasidagi Rossiya — Germaniya uchrashuvi oldidan olingan.
O‘sha paytda yosh Diveyev futbolchilar bilan birga maydonga chiqib, o‘yindan oldingi marosimda qatnashgan. «Terma jamoamiz bilan maydonga ilk chiqishim! Faqat Podolski, Shvaynshtayger va Ozil davrasida», — deb yozdi u.
Rossiya terma jamoasi 2009 yil oktyabrida Moskvadagi «Lujniki» stadionida Germaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan. Yagona gol muallifi — hujumchi Miroslav Kloze.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!